Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mehrobdan chayon» va «O‘tkan kunlar» Brayl yozuvida nashrdan chiqdi

«Mehrobdan chayon» va «O‘tkan kunlar» Brayl yozuvida nashrdan chiqdi

Foto: Madaniyat vazirligi

Madaniyat vazirligi Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning muntazam va mustaqil ravishda bilimini oshirishga ko‘maklashish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirmoqda.

Bu borada 2019 yildagi eng katta yutuqlardan biri bu Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasining Brayl yozuvida kitob chop etuvchi (Relef xarfli) bosmaxonasida 11 nomda mingtadan ortiq kitoblar chop etilgani bo‘ldi. Bular:

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida (kirill);

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida (rus tilida);

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida;

O‘lmas Umarbekov «Odam bo‘lish qiyin»;

Xilda Xukxem «Yetti iqlim Sultoni»;

Abdulla Kodiriy «Mehrobdan chayon»;

Abdulla Kodiriy «O‘tkan kunlar»;

Muhammad Yusuf «Qizg‘aldog‘im»;

O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida;

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar;

To‘lepbergen Qaipbergenov «Mamanbiy afsonasi».

Shuningdek, Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi ovoz yozish studiyasida 2019 yilda 10 nomda 170 nusxada, 2017-2019 yillar mobaynida 31 nomda 527 nusxada audio kitoblar yozilib viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonalariga tarqatildi. 95 nomdagi 380 ta audio nashrlar magnit tasmalaridan qayta tiklanib disklarga ko‘chirildi.

Shu kungacha O‘zbekistonda ko‘z kasalliklari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xech qanday interaktiv kompyuter o‘yinlari joriy qilinmagan edi. Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi (dasturchi Boboqulov Sherzod) tomonidan «Smart-bomb», «City’s» «Sokroviщye Monte-Kristo» nomlari bilan ko‘z kasalliklari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun interaktiv-sarguzashtli o‘yinlar joriy qilindi.

Shuningdek, mutaxassis Sherzod Boboqulov muallifligida Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi ovoz yozish studiyasi tomonidan ko‘z kasalliklari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «Adobe Audition dasturini audio podkastlar yordamida o‘rganamiz» nomli audio o‘quv qo‘llanmasi yozildi.

Kitobxonlarning talab va istaklariga binoan Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasining TELEGRAMM (https://t.me/rmkok), FACEBOOK (RMKOK kutubxona) va INSTAGRAM (@Rmkok Kutubxona) ijtimoiy tarmoq hamda massendjerlarida o‘z saxifalari tashkil etilgan bo‘lib, kitobxonlar bevosita yangiliklardan va yangi nashrlardan xabardor bo‘lib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring