Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrni 3,5 ming yil avval boshqargan fir’avning qabri topildi

Misrni 3,5 ming yil avval boshqargan fir’avning qabri topildi

Tutmos II maqbarasining kirish qismi, 2025-yil 19-fevral.

Foto: Misr turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi

Misrda so‘nggi bir asrda ilk marotaba fir’avn maqbarasi topildi. Misr-Britaniya hamkorlikdagi ekspeditsiyasi Fivadagi nekropolda fir’avn Tutmos II ning qabrini aniqladi, deb xabar berdi Reuters.

Aniqlik kiritilishicha, bu Misrdagi XVIII sulolaning yo‘qotilgan so‘nggi dahmasi. Tutmos II qabridan dafn ashyolarining siniqlari, ko‘k yozuvlar va sariq yulduzlar aks etgan bo‘laklar hamda diniy matnlar parchalari topilgan.

Qabrda kim yotganini aniqlashda alebstr idishlar yordam berdi, ularda Tutmos va Xatshepsut ismlari bitilgan.

Tutmos II qabridan chiqqan artefaktlar.
Foto: Misr turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi

Tutmos II — miloddan avvalgi taxminan 1492—1479-yillarda hukmronlik qilgan. U qadimgi Misrni boshqargan kamdan-kam ayollardan biri — Xatshepsutning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring