Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bryus Uillis dorixonadan haydab chiqarildi

Bryus Uillis dorixonadan haydab chiqarildi

Foto: «Instagram»

Gollivud aktyori Bryus Uillis jamoat joyida niqob taqmagani bois noqulay vaziyatga tushib qoldi, deb yozmoqda «Page Six» nashri.

Los-Anjelesdagi dorixonaga kirgan Bryus Uillisdan, niqob taqishdan bosh tortgani uchun, darhol bu yerdan chiqib ketishni talab qilishgan.

Guvohlardan biriga ko‘ra, 65 yoshli aktyorning qilig‘i boshqa mijozlarning hafsalasini pir qilgan. Holbuki, aktyorning bo‘ynida ro‘molchasi bor edi, shu bilan ham og‘iz-burnini yopib olsa bo‘lardi, deydi guvoh.

Hech narsa xarid qilishga ham ulgurmagan Uillis dorixonadan chiqib ketgan. Keyinchalik voqea yuzasidan «People»ga izoh bergan aktyor o‘z qilig‘ini «katta xato» dedi.

«O‘zingizni asrang, niqob taqishni kanda qilmang», — ta’kidladi Bryus Uillis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring