Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onani yig‘latgan film mukofot oldi

Onani yig‘latgan film mukofot oldi

Moskvada «Avliyo Anna» talabalar va debyut filmlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda 130 dan ortiq film ishtirok etdi.

O‘ttiz yil mobaynida «Avliyo Anna»da kinotasmadan tortib, zamonaviy DVD va raqamli kinematografgacha bo‘lgan filmlar formati o‘zgardi. Ammo maqsad hali-hamon bitta: debyut ijodkorlarida ishonch uyg‘otish va kinoprokatga yo‘l olishiga ko‘maklashishdan iborat.

Festivalga taqdim etilgan 700 dan ziyod filmdan 130 tasi kinoteatrlarda namoyish qilish uchun tanlab olindi. Tanlov hay’atini nufuzi kino ijodkorlar tashkil etdi. Ular 8 ta nominatsiya bo‘yicha ko‘rib chiqdi.

Festivalda o‘zbekistonlik yosh rejissyor, VGIK talabasi Eldor Shodmonqulovning «Xayrlashuv maktubi» uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Film syujeti real voqealarga asoslangan. Uni Eldorning onasi – o‘qituvchi ayol bolaligida o‘z boshidan kechirgan.

– Onam bizni doimiy qo‘llab turdi, – deydi Eldor Shodmonqulov. – Sizlar film olinglar, biz nonunshta, tushlik va kechki ovqatni tayyorlab beramiz, dedi. Film suratga olingan bir hafta mobaynida onam goh u, goh bu yerda jimgina yig‘lab olardi. Hamma qo‘shnilarga, «Mening o‘g‘lim men haqimda, bolaligim haqida kino olyapti», derdi.

Yosh rejissyor Eldor Shodmonqulov – taniqli o‘zbek rejissyori Zulfiqor Musoqov maktabi bitiruvchisi. Ustoz shogirdining yutug‘idan mamnun bo‘lib, kelgusidagi ishlariga ham muvaffaqiyat tiladi.

A.Fathullayev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring