O‘zbekistondagi eng «qimmat» aktyorlarning bir kunlik gonorari ma’lum bo‘ldi
O‘zbek aktyorlari orasida kimlar ko‘p gonorarga loyiq ko‘riladi?
Hozirgi kunda o‘zbek kinosidagi eng qimmat aktyor Javohir Zokirov hisoblanadi. Uning bir ijodiy kuni 500 AQSh dollariga baholanadi. Ammo aktyorni rolga ko‘ndirish, u bilan hamkorlik qilish oson emas. Ijodkorning o‘ziga xos fe’l-atvori va prinsiplari bor.
Keyingi o‘rinni Bobur Yo‘ldoshev band etgan. Uning kunlik gonorar miqdori 400-500 AQSh dollarini tashkil etadi. U bilan ishlash u qadar qiyin emas. U suflyorga zarurat tug‘ilmasligi uchun ssenariyni yod oladi va suratga olish maydonchasiga o‘z vaqtida keladi.
Yigitali Mamajonovni odatda jang sahnalari bor filmlarga taklif etishadi. Chunki u yaxshi aktyor bo‘lishi bilan birga, kaskadyorlik vazifasini ham bajara oladi. Shu bois uning gonorari u qadar kam emas: kuniga 300-400 AQSh dollarini tashkil etadi.
Komik aktyor Muhammadiso Abdulhairov suratga tushgan filmlar o‘z tomoshabinini topadi. Shu bois ijodkor mehnatiga yarasha haq berishlarini so‘rab, kunlik gonorarini 300 AQSh dollari etib belgilagan.
O‘zbek kinolarida ancha kamnamo bo‘lib qolgan aktyor Adiz Rajabov qirg‘iz va yapon kinoijodkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, ayni kunlarda «Qora quti» nomli serialda ham suratga tushmoqda. Uning kunlik gonorari 200-300 AQSh dollarini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter