Pandemiya va san’at. Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘lgan «o‘zbek Benksi» va boshqalar
Koronavirus pandemiyasi tugaydi, insoniyat uning ustidan albatta g‘alaba qozonadi. Ammo barcha qatori bu ofat bilan kurashgan — rassomlarning asarlari tarixda qoladi. Ular ushbu qora kunlar bilan bog‘liq har bir lahzalarni bor bo‘yicha qog‘ozga tushirganlar.
Moskvalik rassom Yevgeniy Rusak «coronavirus Art» telegram kanalini ishga tushirdi, unda har kuni shahar aholisining portretlari nashr etiladi. Karantin xronikalarini reportajlar eskizlari ko‘rinishida saqlaydigan kanali orqali Rusak o‘z asarlaridan tashqari Xitoy, Italiya, Germaniya va AQSh rassomlarining rasmlarini ham namoyish etmoqda.
Yevgeniy Rusak: «Men hozir rasm chizyapman. Suratlarimda shahrimda koronavirus bilan uchrashganlarni aks ettiraman. Chunki dunyo hozir o‘zgarmoqda va yaqin orada hammasi boshqacha bo‘ladi. Endi odamlar ta’tilsiz ta’tilga chiqishadi va ishdan bo‘shashdan qo‘rqishadi... Ertaga hamma narsa o‘zgaradi va ular ham o‘zgaradilar. Va men bu lahzalarni chizish orqali tuzatmoqchiman...»
Xitoyda rassomlar Uxanga sayohat qilishdi, reportajlar eskizlarini yaratishdi. Kartina reportajlar ishlab chiqarish sanoati yaratildi. Xitoylik grafika rassomi Leo Szuni bir kunda bir necha jarayonlarni, koronavirus bilan kurashayotgan shifokorlarni, bemorlarni qog‘ozga muhrlab bordi.
Devid Ovens Nyu-York shtatida foliyat yurituvchi rassom. Unga bu chiroyli joylarda yurish juda yoqardi. Bu yil rassom bahorda istiqbolli mijozlar bilan yuzma-yuz uchrashishni orziqib kutgandi. Ushbu uchrashuvlarning barchasi bekor qilindi. Bu sahnada rassom portfeli bilan Sirakuzaning aniq bir qismida turibdi, ammo bironta ham odam ko‘rinmaydi.
Buyuk Britaniyadagi shifoxona devorida tibbiyot xodimlarini sharaflaydigan sirli ko‘cha rassomi Benksining yangi asari namoyish etildi.
«O‘yinni o‘zgartiruvchi» nomli ramkali rasmda polda o‘tirgan yosh bolakay hamshira superqahramon o‘yinchoq bilan o‘ynagan. Hamshiraning qo‘llari Supermen holatida havoda uchayotgandek, oldinga cho‘zilgan. Betmen va O‘rgimchak qahramon —o‘yinchoqlar bola yonidagi axlat qutiga irg‘itilgan.
Benksi shifoxona ishchilari uchun shunday deb yozib qoldirdi: «Qilayotgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Umid qilamanki, bu joy qora rangda bo‘lsa ham, surat orqali qalblaringizga yorug‘lik kiradi».
Sog‘liqni saqlash rasmiylarining ta’kidlashicha, bu kasalxonada har bir kishi uchun «axloqiy ulkan yuksalish» hisoblanadi.
Ispaniyalik rassom o‘z rasmini koronavirus va yoshi kattalarga bag‘ishladi. Rassom Xuan Lucyen bu yangi asarida koronavirusdan vafot etgan va nabiralari bilan xayrlashish uchun vaqt topolmagan keksa odamlarni chizdi. Rasm juda katta «javob»ga sabab bo‘ldi.
Entoni Klement. Asar Janubiy Koreyaning Seul shahrida yaratilgan. Entonining so‘zlariga ko‘ra, eskiz bir zumda chizilgan — bu shifokor uxlamadi, balki shunchaki bir necha soniya davomida boshini pastga tushirdi, so‘ng sakrab turib yana kasallar oldigan yugurdi.
O‘zbekistonda ko‘cha san’ati hech qachon mustaqil yo‘nalish sifatida mavjud bo‘lmagan. Toshkent Chilonzorida graffiti rassomi «inkuzart» qiyofasida paydo bo‘lgan «o‘zbek Benksi»ning ismi Abdurahmon ekanligini bilamiz. U hali biron marta o‘zini ko‘rsatgani yo‘q.
U Chilonzorni galereya qilish uchun Chilonzor kvartallarini «boyitishni» xohlaydi. Odamlar bu yerlarni san’atzor galereyasi, deb tasavvur qila boshlashlariga umid qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter