Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonning noyob merosi (video)

Qoraqalpog‘istonning noyob merosi (video)

Qoraqalpog‘iston noyob va boy madaniy merosga ega. Qadimiy hunarmandchilik namunalaridagi sodda naqsh va shakllar, ularning Qadimiy va O‘rta asr Markaziy Osiyo ko‘chmanchilari san’ati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. 

Tarixga nazar tashlasak, XX asrning boshlarida o‘tovlarni bezatish uchun ayollar bezakli matolar, rang-barang kigizlar tayyorlashgan, naqshli polos va sholchalar to‘qishgan shuningdek, qiyqimlar to‘qimachiligi bilan shug‘ullanishgan. Bugunga kelib, ushbu an’ana qanday saqlanib qolgan?

Qoraqalpoq ayollari azaldan kashtachilik hunariga qiziqishgan, voyaga yetgan qizlar ushbu hunarni egallashgan. Liboslarda ham qo‘l mehnati ulug‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring