Robert Redford kinodagi faoliyatini yakunladi

Amerikalik aktyor va rejissyor Robert Redford kinodagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. «Life.ru» yozishicha, 81 yoshli aktyor bu haqda «Entertainment Weekly» jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Redfordning aytishicha, AQShda sentyabr oyida ekranlarga chiqadigan «Qariya va qurol» («The Old Man & the Gun») dramasida u oxirgi rolini o‘ynaydi.
— Hech qachon dema hech qachon. Ammo men aktyorlik faoliyatimga nuqta qo‘yish fursati yetganini uzil-kesil anglab yetdim, rejissyorlikka balki qaytarman. 21 yoshimdan kinodaman, endi nafaqaga chiqishni o‘ylashim kerak, — dedi aktyor.
Robert Redford «Butch Kessidi va Sandens Kid» (1969), «Hiyla» (1973) va «Prezident a’yonlari» (1976) filmlari bilan yaxshi tanilgan. Qolaversa, rejissyor sifatidagi ilk debyuti — «Oddiy odamlar» filmi uchun «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter