«Sevimli»: Ishqiy sahna efirga ketishiga sababchi bo‘lgan xodimlar ishdan olindi
Kecha, 15-iyul kuni «Sevimli» telekanalining kechki efirlarida «Hurliqo» filmi efirga uzatilgani, undagi epizodlarning birida milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan kadrlar aks etgani ko‘plab tomoshabinlarning e’tiroziga sabab bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
«Sevimli» telekanali ma’muriyati o‘zining «Facebook»dagi sahifasi orqali mazkur holatga izoh berdi.
«Kanalimiz muxlislariga ma’lumki, biz o‘zbek milliy kinolari bilan bir qatorda xorij kino ijodkorlarining tarixiy va zamonaviy mavzudagi filmlarini namoyish etib kelamiz. Mazkur filmlar ko‘pchilik tomshabinlarga manzur bo‘layotganligi kanal ijtimoiy tarmoqlarida bildirilayotgan fikr-mulohazalardan ma’lum.
Biroq, ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi deganlaridek, 15-iyul kuni kech soat 22.30dan keyin efirga uzatilgan filmda texnik xato tufayli milliy axloqimizga zid qisqa epizod o‘tib ketib qoldi. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilgan barcha xodimlar ishdan bo‘shatildi. Bunday xato takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rildi va belgilandi.
Ushbu holat munosabati bilan kanalimiz ijodiy jamoasi barcha teletomoshabinlardan uzr so‘raydi», — deyiladi telekanal izohida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter