Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shumerlar nega yo‘q bo‘lib ketgan? Olimlar yangi dalilni ilgari surishdi

Shumerlar nega yo‘q bo‘lib ketgan? Olimlar yangi dalilni ilgari surishdi

Foto: begin-journey.ru

Insoniyatning eng qadimiy tamaddunlaridan sanalgan shumerlarning inqirozga yuz tutishiga qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan — Oksford universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Birinchi va yagona shumerlar davlati — Akkad imperiyasi 4,2 ming burun kutilmaganda inqirozga yuz tutgandi. Bir qator olimlar halokat sababini markazlashgan hukumatdan norozi Mesopotamiya shahar-davlatlarining keksa zodagonlaridan ko‘rishgan bo‘lsa, yana ayrimlari ko‘chmanchilarning bosqini Akkad imperiyasi faoliyatiga nuqta qo‘ygan degan taxminlarni ilgari surishayotgandi. Endi esa bu sabablar qatoriga yana bittasi qo‘shildi — qudratli imperiyaning boshiga yetgan narsa — qurg‘oqchilik.

«Taxminlarimizga ko‘ra, o‘sha paytda juda kuchli iqlimiy halokat yuz bergan va bu ko‘rgulik oqibatida nafaqat shumerlar, balki qadimgi Misr va Hindiston madaniyati ham yo‘qlikka ravona bo‘lgan», — ta’kidlashdi olimlar.

Akkad davlati

Mutaxassislar Eron shimolidagi g‘ordagi stalaktitlarni o‘rganish jarayonida kuchli qurg‘oqchilik va qum bo‘ronlari shumerlarni barcha suv zaxiralaridan mahrum qilgan, degan to‘xtamga kelishdi. Taxminan 4,26 ming yil avval stalaktitlar o‘sishi sekinlashgan, bu yog‘inlar miqdori kamayganidan dalolat beradi. Qurg‘oqchilik 300 yildan ortiq davom etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring