Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli hind aktyori Irfon Xon vafot etdi

Taniqli hind aktyori Irfon Xon vafot etdi

Foto: «Reuters»

Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda san’atkorning yaqinlariga asoslanib NDTV telekanali xabar berdi.

Telekanal xabariga ko‘ra, Irfon Xon Mumbaydagi xususiy klinikalardan birida olamdan ko‘z yumdi. U saraton xastaligiga qarshi kurashib kelayotgandi.

Irfon Xonning ilk to‘liq metrajli filmi «Salom, Bombey» edi. Eng ko‘zga ko‘ringan filmlari: «Jangchi», «Xarobadan chiqqan millioner», «Seni sevaman, Nyu-York», «Pining hayoti», «Yangi o‘rgimchak-odam», «Yura davri bog‘i», «Inferno».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring