Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada apelsin gullari karnavali boshlandi

Turkiyada apelsin gullari karnavali boshlandi

Foto: Facebook/AnadoluAgency

Turkiyaning Adana viloyatida 5-apreldan 13-xalqaro apelsin gullari karnavali boshlandi.

«Dunyo bolalari» shiori ostidagi karnaval har xil tadbirlar bilan boshlandi, deb xabar berdi Anadolu agentligi. Janubiy shahar ko‘chalari bo‘ylab yorqin liboslarga burkangan kishilar saf tortib o‘tishdi, markaziy bog‘da konsert tashkillashtirildi.

«Apelsin gullari»ning muhim tadbirlaridan biri buyuk rassom Pablo Pikasso asarlarining ko‘rgazmasi ochilishi bo‘ldi. Qolaversa, fotomarafon tashkil etilib, karnavalda olingan eng yaxshi suratlar g‘olib bo‘ladi.

Adananing 50 ta joyida teatrlashtirilgan va sport tadbirlari, ko‘rgazmalar va konsertlar 13-aprelga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring