Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uill Smitning tarsakisi YouTube rekordini yangiladi

Uill Smitning tarsakisi YouTube rekordini yangiladi

Gollivud aktyori Uill Smit «Oskar» mukofotlash marosimida komik Kris Rokka tarsaki tushirgan video bloger MrBeast ga tegishli oldingi video rekordini yangiladi, deb xabar berdi «Comicbook» portali.

«Oskar» tadbirida qiziqchi Smitning soch to‘kilish kasaliga yo‘liqqan rafiqasi ustidan nojoiz hazil qilgan, avvaliga qo‘shilishib kulgan aktyor sahnaga chiqib uning yuziga shapaloq tushirgandi.

Iqror bo‘lish kerak, so‘nggi yillarda «Oskar» shousiga qiziqish so‘nib boryapti, hatto kuzatuvchilar yuqoridagi holatni taqdirlash marosimidan esda qolarli yagona voqea deyishgacha borishdi. Biroq birgina shapaloq «Oskar» barhayotligini hammaga eslatib qo‘ydi: uni yoritmagan matbuot va internet nashri qolmadi hisob.

Masalan, Britaniyaning «The Guardian» gazetasi o‘z YouTube-kanalida joylashtirgan videorolik 29-mart sanasiga kelib, ya’ni bir sutka ichida 66 million marta tomosha qilinib, 193 mingtadan ortiq izoh qoldirildi.

2021-yilda videobloger MrBeast o‘z YouTube-kanalida shov-shuvli serial — «Kalmar o‘yini» sahnalariga parodiya joylashtirgandi. 456 kishi qatnashib, $456 ming mukofot uchun kurashgan shou roligi chop etilganidan so‘ng sutka davomida 43 million marta tomosha qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring