Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqt mashinasini «yaratgan» rassom tug‘ilgan kunida vafot etdi

Vaqt mashinasini «yaratgan» rassom tug‘ilgan kunida vafot etdi

Foto: «Filmproductionforum.wordpress.com»

«Begona», «Kelajakka qaytib» va «O‘zga sayyoralik» filmlarida dizayn ustida ishlagan amerikalik rassom va illyustrator Ron Kobb Avstraliyada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning rafiqasi Robin Lavning so‘zlariga tayanib «The Hollywood Reporter» xabar berdi.

Kobb o‘zining tug‘ilgan kuni — 21-sentyabrda olamdan o‘tdi. U 83 yoshda edi. Avvalroq unga demensiya tashxisi qo‘yilgandi.

Kobb 1937-yil Los-Anjelesda dunyoga kelgan. Karerasini «Disney» studiyasida boshlagan. Kobb «Yulduzlar jangi»dagi ayrim mavjudotlarning dizayni muallifi sanaladi, Konan-varvarning qurolini o‘ylab topgan, «Begona» filmidagi «Nostromo» kemasi, shuningdek, «Kelajakka qaytib» filmidagi «DeLorean» vaqt mashinasining tashqi ko‘rinishi va intererini yaratgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring