Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Disney»ning 15 yoshli aktrisasi vafot etdi

«Disney»ning 15 yoshli aktrisasi vafot etdi

Foto: «Walt Disney»

Nikita Valigva ismli ugandalik aktrisa 15 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «ABC News».

To‘rt yil muqaddam shifokorlar yosh aktrisada miya saratonini aniqlashgandi. Bir yillik muolajadan so‘ng remissiya boshlangan, biroq keyinchalik Valigvada yana bir o‘sma paydo bo‘lgan. Aynan  o‘sha qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldi.

«Disney» studiyasida ugandalik taniqli shaxmatchi ayol — Fiona Mutezi haqida suratga olingan «Katvalik qirolicha» (2016) filmi Valigvaga mashhurlik olib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring