Xonanda Aziza Niyozmetova olamdan o‘tdi

Xorazmlik taniqli xonanda Aziza Niyozmetova bugun, 15-oktabr kuni olamdan o‘tgan. U oxirgi bir necha oydan beri saraton kasalligi bilan kurashayotgan edi.
Aziza Niyozmetova "Kishmish" qo‘shig‘i bilan san’atga kirib kelgan. U bu qo‘shig‘i bilan tezda tanilgan. Aziza Niyozmetova estrada qo‘shiqlaridan tashqari, Xorazm doston va aytishuvlarini ham mahorat bilan ijro etgan.
Marhumning yaqinlari va oila a’zolariga tahririyatimiz nomidan hamdardlik izhor qilamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter