Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuriy Shatunov qanday meros qoldirdi?

Yuriy Shatunov qanday meros qoldirdi?

Afsonaviy qo‘shiqchi, «Laskoviy may» guruhi xonandasi, mashhur «Belie rozi» ijrochisi Yuriy Shatunovning vafotidan millionlab musiqa shinavandalari qayg‘uga botdi. U 23 iyun kuni vafot etdi. Xo‘sh, Shatunov o‘zidan qanday meros qoldirdi?

O‘gay otadan qochish

Yuriy Shatunov Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Kumertog‘ shahrida tug‘ilgan. O‘shanda onasi Vera 18, otasi Vasiliy 23 yoshda edi. Ammo ko‘p o‘tmay oilaga darz ketdi va yosh ota-ona ajrashdi. Vera taqdirini bog‘lagan yangi erkak bilan ham turmushi o‘nglanmadi. O‘gay ota doimiy ravishda janjal qilar, muntazam aroq ichardi, shu bois Yura tez-tez uydan qochib ketardi. Bola 11 yoshga to‘lganida onasi vafot etdi. Uni Orenburgdagi 2-maktab-internatga joylashtirishdi.

Bu dargohda musiqiy to‘garak rahbari Sergey Kuznetsov Yuraning ashulachilik qobiliyatiga e’tibor qaratdi. U Yura va boshqa yetim bolalardan iborat guruh tuzdi. Bir kuni taniqli «Miraj» guruhi ma’muri Andrey Razin yosh musiqachilar haqida eshitib qoldi.

Razinning prodyuserlik iqtidori tufayli guruh estradada mustahkam joy egalladi. «Laskoviy may» qo‘shiqlari radioda yangradi, ular bir oyda qirq martalab konsert berdi, 50.000 minglab tomoshabin yig‘di. Biroq ittifoqning parchalanishi va Yuriy Shatunovning ketishi guruh shuhratini tushirib yubordi. Xonanda Germaniyaga yo‘l oldi, u yerda ovoz rejissyori ma’lumotiga ega bo‘ldi va Svetlana ismli qizga uylandi. Oilada ikki farzand – o‘g‘il Dennis va qizaloq Estella dunyoga keldi.

Rafiqasi va farzandlari bilan

Qo‘shiqchining qanday mulki bor edi?

Oilaning Myunxenda uyi bor. U yerda Shatunov, hatto zamonaviy ovoz yozish studiyasi ham ega edi.

Garchand Yuriy chegarani bosib o‘tgan bo‘lsa-da, vatanidan ko‘ngil uzmadi. U Rossiyada bir necha marta konsert berdi. Har gal kelganida Kantemir ko‘chasidagi o‘zining bir xonali kvartirasidan qo‘nim topardi. Bir taxminga ko‘ra, bu uyni Moskva meri Yuriy Lujkovdan olgan, ikkinchisiga ko‘ra, kvartira u yetimxonani tark etganida davlat tomonidan berilgan.

Uy va janjal

2016 yili OAV yozganidek, Andrey Razin Yuriy Shatunovga Sochida uy sovg‘a qilgan. Maydoni 60 kv/m. Xonalarni «Laskoviy may» fotosuratlari hamda Yuriyning ulkan portreti bezab turadi.

U ayriliq, mashhurlik va sud jarayonlarini boshdan kechirdi

Biroq 2019 yilda Razin va Shatunov orasidan olamushuk o‘tgandek bo‘ldi. Prodyuser kutilmaganda Yuriyning «Laskoviy may» repertuaridagi qo‘shiqlarni kuylamasligi shartligini ta’kidlab, e’lon qildi.

Bir necha marta sud muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Nihoyat 2022 yil iyunda Stavropol o‘lka sudi «Laskoviy may» qo‘shiqlariga alohida huquqni Andrey Razindan olib Shatunovga berdi.

Advokat Yuriy Shel sharhi

Musiqachining intellektual merosi va mulki nima bo‘ladi? Bu savolga Yuriy Shel shunday javob berdi:

«Agar vasiyat bo‘lmasa (o‘ylashimcha, Yuriy hali yosh edi, u yo‘q), barcha mulkka artistning merosxo‘rlari da’vogarlik qiladi. Ular esa xotini va bolalari. Meros uchga bo‘linib taqsimlanadi. Agar kutilmaganda nikohsiz farzandlar paydo bo‘lsa va sud orqali qardoshligini isbotlasa, ular ham merosga huquqni qo‘lga kiritadi.

Hayotining so‘nggi lahzalari

Merosxo‘rlar, shuningdek, mualliflik huquqining barcha bonuslaridan foydalanadilar. Faqat sud qarori kuchga kirgandan so‘ng. Mabodo Razin sud qaroridan norozi bo‘lib shikoyat arizasi bersa ham qandaydir vakillar shug‘ullanadi. O‘ylashimcha, marhumning xotini va farzandlari kelishadi. Chunki ishonchnoma endi ish bermaydi. Yurist appelyasiya bosqichida marhumning manfaatlari bo‘yicha ish yurita olmaydi. Shatunovning xotini va bolalari hammasini nazorat qilishi kerak».

Ayni ijodga qaytganida...

Turli gap-so‘zlarga ko‘ra, Yuriy Shatunov bugungi kunda ham shuhratini yo‘qotmagan edi. Joriy yil boshida u yetim bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taniqli bloger, o‘sha bolalar uyi tarbiyalanuvchisi va qo‘shiqchi Danya Miloxin bilan ijtimoiy rolik chiqargan edi. Shuningdek, yangi «Ne spor so mnoy» klipini havola etgan, Rossiyaning bir nechta shaharlari bo‘ylab gastrolda bo‘lgan edi.

Xonandani dafn etish marosimi ertaga, 26 iyunda bo‘lib o‘tadi.

A.Fatxullayev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring