1 martdan AI-80 markali benzinning narxi kamida 800 so‘mga oshadi – «O‘zbekneftgaz»
2022-yil 12-dekabrdagi PQ-440-sonli qaror bilan import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzinga qo‘llanib kelingan «nol» stavkadagi aksiz solig‘i imtiyozi qo‘llanishi muddati 2023-yil 1-martda tugaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJga ko‘ra, 2023-yil 1-martda yuqoridagi tartiblarning amal qilish muddati (imtiyozli davr) yakunlangandan keyin aksiz solig‘i hisoblanishi va birjada narxlarning erkin (o‘sish darajasi cheklanmasdan) shakllanishi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilmoqda.
Bunda, 1-martdan boshlab birja savdolariga joylashtiriladigan 1 tonna mahalliy AI-80 rusumli avtobenzin boshlang‘ich narxi 6 863 000 so‘mdan, import avtobenzini narxi 8 036 000 so‘mdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar o‘rtacha 8 150 000 so‘mni (1 litr uchun 6 100 so‘m) tashkil etishi kutilyapti.
Bunda, narxlar o‘zgarishi hisobiga «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi AYoQShlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan shakllanadi.
Ma’lumot uchun, Hukumatning 2022-yil 15-dekabrda tasdiqlangan «Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni AI-80 rusumli avtobenzin bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish» chora-tadbirlarida 2022-yil 9-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning alohida birja seksiyasi orqali AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini sotish narxining o‘sishi birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan ko‘pi bilan 5 foizgacha miqdorda belgilangan edi.
1 -martdan esa birjada AI-80 benzinining narxlari erkin (o‘sish darajasi cheklanmasdan) shakllantiriladi va bu shu markali benzinning narxi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter