Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024–2025 yillarda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar rejasi tasdiqlandi

2024–2025 yillarda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar rejasi tasdiqlandi

Prezidentning joriy yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli qarori bilan 2024–2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, 2024-yildan har ikki yilda bir marta oktyabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari o‘rtasida respublika tanlovi o‘tkaziladi.

2024-yil 1-apreldan «Madaniyat to‘lqinlari» media loyihasi amalga oshiriladi.

Media loyiha doirasida tanlov o‘tkaziladigan yo‘nalishlar va ularning konsepsiyasi belgilab berilib, jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, «Xon qabuli» teatrlashtirilgan tarixiy tantanali rasmiy qabul marosimi namuna sifatida Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasida tashkil etiladi.

Aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur mahalliy va xorijiy shaxslar ishtirokida «Yulduz bilan sayohat» loyihasi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari tegishli manzillarda «Ko‘cha san’ati va musiqasi» loyihasi amalga oshiriladi.

Bunda:

  • tegishli ko‘chalarda cholg‘u asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etiladi;
  • har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.

Qarorga ko‘ra, milliy madaniyatimizni xorijda faol targ‘ib etuvchi chet el fuqarolari, jumladan vatandoshlar faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbek madaniyati elchisi» maqomini berish tizimi joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring