Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2030-yilga borib insultdan o‘lim ko‘rsatkichi 2 baravar oshishi aytilmoqda

2030-yilga borib insultdan o‘lim ko‘rsatkichi 2 baravar oshishi aytilmoqda

Xitoylik olimlarning «Global Health Data Exchange» ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida kelgan xulosalariga ko‘ra, 2030-yilga kelib, insultdan o‘lim holatlari ikki barobar ortishi mumkin.

JSST esa bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi dunyoda erta o‘lim sabablari orasida ikkinchi o‘rinni egallashini bashorat qilgan. Xususan, ishemik insultga chalinganlarning katta qismi hayotdan ko‘z yumishi yoki umrbod nogironlikka mahkum bo‘lishi mumkin.

Statistik ma’lumotlarda keltirilishicha, 2019 yilda insult oqibatida 3,29 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 2030-yilda bu ko‘rsatkich 6,4 million nafarga yetadi.

Vaziyatning bunday yomonlashuviga chekish, to‘yib ovqatlanmaslik, buyraklar faoliyati buzilishi, semirish, yuqori qon bosimi, qonda xolesterin va glyukoza miqdori ortishi, sayyoramiz aholisi soni ko‘payishi kabi omillar sabab bo‘ladi.

«Albatta, bu prognoz juda xavotirli. Ammo insoniyat ishemik insultning oldini olishga qodir. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish eng oqilona va samarali profilaktik chora», – deydi tadqiqot muallifi Lize Syun.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring