Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 yil ichida 1,2 mln o‘quvchi o‘rni yaratiladi – loyiha

3 yil ichida 1,2 mln o‘quvchi o‘rni yaratiladi – loyiha

Umumta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilishda hududlardagi ehtiyoj, aholi demografiyasining o‘sishini inobatga olgan holda 2026-yilga qadar 1,2 mln. yangi o‘quvchi o‘rnini yaratish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Prezidentining «Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, hujjat loyihasi bilan xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, nodavlat ta’lim muassasalarini tarmog‘ini kengaytirish hamda 2030-yilga qadar xalq ta’limi tizimi muassasalarida bosqichma-bosqich 2 287 ta sport zali va maydonlarini barpo etish hamda ularni sport inventarlari bilan doimiy ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha laboratoriya xonalarini interaktiv doskalar hamda VR-texnologiyalari bilan jihozlanadi, informatika va axborot texnologiya xonalaridagi kompyuter sinflari esa har besh yilda yangilab boriladi.

2024-2025-o‘quv yiliga qadar o‘quvchilarda kasb ko‘nimalarini shakllantirish maqsadida texnologiya xonalarini barpo etilib, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi.

2026-yilga qadar esa o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish maqsadida oshxonalari mavjud bo‘lmagan maktablarda zamon talablarini mos oshxonalarni bosqichma-bosqich barpo etish va tibbiyot xonasini zarur jihoz va dori-darmonlar bilan doimiy ta’minlash reja qilinyapti.

Qolaversa, hujjat loyihasida 2027-yilga qadar har bir viloyat va tuman (shahar)da «Barkamol avlod bolalar maktabi» va «Bolalar kutubxonasi» qurish, ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish va zarur jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring