Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 oyda 13 mingdan ortiq mansabdor javobgarlikka tortilgan

9 oyda 13 mingdan ortiq mansabdor javobgarlikka tortilgan

Joriy yilning o‘tgan 9 oyida adliya idoralari tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 8 ming 227 nafar mansabdor shaxs ma’muriy, 5 ming 438 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Bu haqda Adliya vazirligining hay’at majlisida ma’lum qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlisda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.  

Adliya vazirligi tashabbusi bilan 130, shu jumladan 33 ta qonun, 34 ta Prezident hujjati, 46 ta Hukumat hujjati, 12 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilgani qayd etildi.Shuningdek, kelib tushgan jami 93,4 ming murojaatning 82 foizi qonuniy hal etilgan.    

«Jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida sudlarga kiritilgan 425 milliard so‘mlik da’vo (ariza)lar qanoatlantirildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 300 mingga yaqin targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tomonidan esa joriy yil to‘qqiz oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz ko‘p, ya’ni 9,6 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi», – deyiladi O‘zA xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring