Xorijlik pora evaziga «Afrosiyob»da yaxshiroq o‘ringa joylashgan. Holat bo‘yicha tushuntirish berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Afrosiyob» tezyurar poyezdida xorijlik sayyoh o‘z o‘rnini ekonom klassdan VIP-klassga o‘zgartirish uchun poyezd boshlig‘iga 15 AQSh dollari berganligi haqida xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, sayyoh poyezd kuzatuvchilari orqali 10 AQSh dollariga sotib olingan chipta ustiga 15 AQSh dollari berib, o‘z joyini Vip-klassga almashtirgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, hodisa 2023-yilning 6-iyul kuni sodir bo‘lgani va 10-iyul kuni poyezd boshlig‘i mazkur holat bo‘yicha lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, vagon kuzatuvchilari – styuardlarga bu kabi hodisalar qaytarilmasligi bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
«Hozirgi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlarining barchasida ishchi guruh tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda. Bu kabi holatlar qaytarilmasligi uchun nazorat o‘rnatilgan», – deyiladi xabarda.
Kompaniya, o‘z navbatida, fuqarolardan eski ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter