Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasi ishlab chiqiladi

«Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston prezidentining yangi farmonga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratgan holda «Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasini ishlab chiqadi.

Ushbu strategiya quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga qamrab oladi:

– aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;

– fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini, sog‘lom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targ‘ib qilish;

– onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;

– ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish;

– sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, qog‘ozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qo‘yish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;

– zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;

– kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish;

– xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

– tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

– farmatsevtika tarmog‘ini samarali tartibga solish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring