Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 6 oyda 23,6 foizga oshdi

 Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 6 oyda 23,6 foizga oshdi

Prezident huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 foizni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan solishtirilganda 23,6 foizga oshgan.

Hududlar kesimida esa aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining o‘sish sur’atlari eng ko‘p –Surxondaryo (128 foiz), Namangan (125,4 foiz), Xorazm (124,8 foiz), Andijon (124,3 foiz) va Navoiy (23,9 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (123,9 foiz)da kuzatilgan.

Nisbatan past ko‘rsatkichlarda o‘sish kuzatilgan hududlar esa – Farg‘ona (20,7 foiz), Buxoro (21,7 foiz), Jizzax (22,4 foiz), Qashqadaryo (23 foiz), Samarqand (23,7 foiz), Toshkent (23,7 foiz) hamda Sirdaryo (24,6 foiz) viloyatlari va Toshkent shahri (23,5 foiz)da kuzatilgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring