Axborot va aloqa sohasiga 16,7 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berishicha, 2024 yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga 507,5 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Shundan axborot va aloqa sohasiga o‘zlashtirilgan investitsiya 16,7 trln so‘mni yoki jami investitsiyalarning 3,3 foizini tashkil etdi.
Ularning asosiy qismi aloqa (jami investitsiyalarga nisbatan ulushi 2,2 foiz) faoliyat turiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
- 2016-yil — 1,1 trln so‘m
- 2017-yil — 1,9 trln so‘m
- 2018-yil — 1,6 trln so‘m
- 2019-yil — 2,7 trln so‘m
- 2020-yil — 9 trln so‘m
- 2021-yil — 9 trln so‘m
- 2022-yil — 6,9 trln so‘m
- 2023-yil — 8,8 trln so‘m
- 2024-yil — 16,7 trln so‘m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter