Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amudaryo atroflaridagi o‘rmonlar maydoni oxirgi o‘n yilliklarda 5 baravarga qisqarib ketgan

Amudaryo atroflaridagi o‘rmonlar maydoni oxirgi o‘n yilliklarda 5 baravarga qisqarib ketgan

O‘tgan asr o‘rtalaridan buyon Markaziy Osiyoda o‘rmonlar maydoni 4-5 baravarga qisqargan. Saksovulzorlar va to‘qaylar eng kuchli antropogen bosimga uchragan. Bu haqda BMT ma’lumotlariga tayanib «Iqtisodiy sharh» jurnalining navbatdagi sonida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, birgina Amudaryo atroflarida o‘rmonlar maydoni oxirgi o‘n yilliklarda 150 ming gektardan 22-23 ming gektargacha qisqargan.

«Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda», – deyiladi maqolada.

Shuningdek, respublika o‘rmon fondi tog‘, to‘qay (daryo bo‘yidagi) va cho‘l o‘rmonlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular mamlakat hududining 26,7 foizi yoki 11 975,2 ming gektar maydonda joylashgan, shundan 3 235,7 ming gektar hudud o‘rmonlar bilan qoplangan.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida esa 588 gektar «yashil bog‘lar», 622 gektar «yashil jamoat parklari», shuningdek, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km masofada «yashil belbog‘»lar barpo etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring