Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «radar ovchisi» ishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Andijondagi «radar ovchisi» ishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahrida 52 ta radar kamerani tosh bilan urib sindiribdi» sarlavhasi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 1976-yilda tug‘ilgan M.S. Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan 51 dona «Hikvision» rusumli yo‘l harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona «Hikvision» rusumli radar kompleksiga, o‘ziga tegishli bo‘lgan «SRKET» rusumli pnevmatik miltiqdan o‘q otish orqali qasddan shikastlagan.

Ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra,  jami 1 mlrd 147 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan jinoyat kodeksining tugishli bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring