AQSh, Kanada va Polshaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
Samarqand viloyatida fuqaroni «O‘zbekiston – Ispaniya – Meksika – AQSh» yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 44 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 40 ming AQSh dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1995 y.t. shaxs G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Kanada davlatiga ishga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 7,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari mansabdor tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Polsha davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5100 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Boysun tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqaroni tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanada davlatiga ishga yuborish evaziga 138 mln. so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter