Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobusdagi «keskin muhokamaga sabab bo‘lgan yozuv» transport boshqarmasi tomonidan olib tashladi

Avtobusdagi «keskin muhokamaga sabab bo‘lgan yozuv» transport boshqarmasi tomonidan olib tashladi

Samarqandda avtobus saloniga ayollar va erkaklarni alohida turishga chaqiruvchi yorliq viloyat transport boshqarmasi aralashuvi bilan olib tashlandi.

Boshqarma axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 29-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslardan birining salon qismida «yo‘lovchilarning erkin harakatlanishini cheklovchi so‘zlar» yozilganligi yuzasidan murojaat tarqalgan. Bu viloyat transport boshqarmasidan nazoratga olinib, holat 22-sonli «Navbog‘ mahallasi - Pistamozor mahallasi» yo‘nalishda harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30/306 VBA bo‘lgan transport vositasida sodir bo‘lgani aniqlangan.

«Keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan yozuv olib tashlandi», – deyiladi boshqarma xabarida.

Idora mutasaddilari, shuningdek, jamoat transportida bunday «e’tirozli holatlar takrorlanmasligi uchun Murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi korxonada haydovchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari» olib borishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring