Ayrim banklarga balansiga olgan mol-mulklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi

Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasi jadallashtiriladi.
Bu borada joriy yil 15-aprel kuni Prezidentning PQ-142-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.
Tijorat banklariga qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali to‘xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.
2025-yil 1-sentyabrdan da’vo arizasi bo‘yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter