Ayrim toifa talabalar uchun «kontrakt» to‘lashning oxirgi muddati belgilandi
Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.
Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
- qayta tiklangan talabalar uchun.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).
Ma’lumot uchun, yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter