Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Bank sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni yoki boshqa shu kabi axborotni oshkor qilganlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, kodeksning qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanishni nazarda tutuvchi 191-modda yangi tahrirda qabul qilinadi.

Ya’ni, qonun loyihasida mazkur modda «Tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni noqonuniy to‘plash, undan foydalanish yoki oshkor qilish» deb nomlanmoqda.

Shuningdek, tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni yoki boshqa shu kabi qonun bilan qo‘riqlanadigan axborotni egasi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsning yoxud vakolatli organning roziligisiz noqonuniy foydalanish yoki oshkor qilish maqsadida har qanday usulda olish, to‘plash yoxud oshkor qilish – BHMning yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) shaxs tomonidan o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda;

v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, BHMning ikki yuz ellik baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) mansabdor shaxs tomonidan;

v) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring