Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftada 14,6 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi – Birja

Bir haftada 14,6 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi – Birja

2024-yil 3-9 iyun kunlari oralig‘ida 3 906 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 14 mlrd 633,2 mln so‘mni tashkil etgan.

«UzEX xabarlari» gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, amalga oshgan bitimlarning 96 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (14 mlrd 23,8 mln so‘mga teng 3 792 ta avtoraqam) va 4 foiz ulushi yuridik shaxslarga (609,4 mln so‘mga teng 114 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 3,7 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 85 mln so‘mni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 710 086 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 682 267 nafari jismoniy shaxslar va 27 819 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring