Bosh vazirning amaldorlarga yo dinni yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida maxsus majlisda amaldorlarga yo dinni yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani haqidagi xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston hukumati rahbari matbuot xizmati mazkur xabarlarni rad etdi.
«Go‘yoki Bosh vazir amaldorlarga qarata dinni yoki davlatdagi ishini tanlashi kerakligini aytgandek qilib tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunida fuqarolarning diniy erkinligi va diniy e’tiqodi huquqiy jihatdan kafolatlab qo‘yilgan. Blogerlardan tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini, tarmoq foydalanuvchilaridan esa bunday mavzudagi xabarlarga umuman ishonmasliklarini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter