Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda Treilblezer ag‘darilib ketdi

Bo‘stonliqda Treilblezer ag‘darilib ketdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21-aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘i yaqinida joylashgan tog‘li hududning avtomobil uchun mo‘ljallanmagan qismida harakatlanib ketayotgan haydovchi 40 yoshli M.F boshqaruvidagi «Treilblezer» rusumli transport vositasi ag‘darilib ketgan.

YTHga da haydovchining ehtiyotsizligi va uning yo‘l torligini inobatga olmasdan harakatlangani sabab bo‘lgan.

Ushbu hodisa natijasida haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring