Bozorlar hokimliklardan olinib tadbirkorlarga beriladi – Prezident

Xususiylashtirishga doir kengaytirilgan yig‘ilishda Prezident Mirziyoyev mahalliy hokimliklarning bozorlardagi majburiy ishtiroki borasidagi talab bekor qilinishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda respublikadagi 537 ta bozor va savdo majmualarining kamida 51 foiz ulushi mahalliy hokimliklarga tegishli bo‘lib, endi bu tartib o‘zgaradi.
«Bozorlarda mahalliy hokimlikning majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. Bu ham tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi», – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, endilikda tadbirkorlar kamida besh yil ijarada foydalangan davlat mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda 632 ta shunday ob’yekt bor. Ushbu mulklarni ijarachilarning o‘ziga sotish orqali kamida 2 trillion so‘m tushum qilish mumkin.
Qolaversa, yer maydonlarini sotish bo‘yicha ham imkoniyatlar kengaytiriladi. Masalan, maydoni kichik bo‘lgan, uzoq vaqtdan beri sotilmay turgan yonma-yon joylashgan yer uchastkalari birlashtirilib, qayta auksionga chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter