Bu yil 116 ta korxonadagi davlat ulushi xususiy sektorga sotiladi

Bugun, 27-mart kuni Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda 2025 yilgi maqsadlar belgilab olindi.
Jumladan:
- 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, budjetga kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
- 116 ta korxonadagi davlat ulushini va 581 ta ko‘chmas mulk ob’yektini sotuvga chiqarish;
- 6,1 ming gektar yerni auksionga qo‘yib, sotish hajmini 6 trillion so‘mga yetkazish;
- kamida 300 ta kon va maydonni tashabbuskorlarga taklif etib, 500 milliard so‘m tushum tushirish.
Bularning natijasida iqtisodiyotga qo‘shimcha investitsiyalar kirib kelib, tadbirkorlikka imkoniyat kengayadi, minglab ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.
Yig‘ilishda bu maqsadlarga erishish uchun bir qator yengilliklar berilishi e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter