Bugun turk qardoshlar «Demokratiya va Milliy birlik kuni»ni nishonlayapti
Bugun, 15-iyul kuni Toshkentda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan «Demokratiya va Milliy birlik kuni»ning 8 yilligi nishonlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar FETO harakati tomonidan Turkiya davlatini to‘ntarishga urinish bo‘lgan 2016-yil 15-iyul sansini yodga oldilar. O‘sha kuni xoinlarga qarshi chiqqan 248 nafar turkiyalikning nomlari eslandi.
«FETO o‘zining Turkiyadagi uzoq yillik xoinlarcha strategiyalarini endi boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirishga va tashkilot tarmog‘ini kengaytirishga harakat qilmoqda. Bu haqiqatni bilgan davlatimiz FETO tahdidini batamom bartaraf etish uchun mamlakat ichida erishgan muvaffaqiyatli kurashini butun dunyoda qat’iyat bilan davom ettirmoqda. Mamlakatimizning diplomatik missiyasi a’zosi sifatida bizlar ham bor kuchimiz bilan bu sa’y-harakatlarni davom ettiryapmiz», – deydi Elchi Olgan Bekar janoblari.
O‘z navbatida, elchi O‘zbekiston hukumatini FETO xavfini «dunyoda birinchilardan bo‘lib payqagan mamlakat» sifatida e’tirof etadi.
«FETO a’zolari 1990-yillarda mamlakat (O‘zbekiston, -tahr.)dan chiqarib yuborilgan. Ular hali boshlang‘ich bosqichida bo‘lganlaridayoq joylashish va faoliyat yuritishlariga ruxsat berilmagan. Ana shu uzoqni ko‘ra bilish va farosat tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar bugungi kunda hech qanday FETO provokatsiyasi va to‘siqlariga uchramay eng yuqori darajada rivojlanmoqda», – deydi Turkiyannig O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari.
Tadbirda mamlakat birligi, bo‘linmas yaxlitligi, demokratiyaning bardavom bo‘lishi yo‘lida jon fido qilgan vatandoshlar haqiga duolar qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter