Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Jalol Arashov lavozimidan ozod etilib, Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Botirjon Shahriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 2022 yil aprelidan turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va 2023 yilning yanvarida ushbu lavozimdan ozod qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter