Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 28 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgan

Buxoroda 28 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgan

Ijtimoiy tarmoqlarda yashil rangli paketga o‘ralgan va devor tagida yotgan chaqaloq hamda IIO xodimlari aks etgan surat tarqaldi.

Buxoro viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Qorako‘l tumani hududida sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 8 avgust kuni soat 01:30 larda Qorako‘l tumani markazida tungi xizmatga jalb etilgan post patrul xizmati xodimi Shahzod Saidov hamda profilaktika inspektori Habib Abdurahmonovlar o‘zlariga biriktirib berilgan yo‘nalish hududida xizmat olib borayotganlarida tuman Markaziy kasalxonasining Gemodializ bo‘limi ro‘parasidagi Travm punkt binosining orqa tomonidan o‘tayotganlarida chaqaloq yig‘isini eshitib, shu atrofni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirganlarida, devor yonida yashil rangli paket ichida o‘g‘il bola jinsiga mansub, taxminan 3-5 kunlik sog‘lom holatdagi chaqaloq borligi aniqlangan. 

Shu paytning o‘zida chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limiga yotqizilib, zaruriy birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va soha mutaxassislari nazoratiga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu chaqaloq 2023-yilning 4-avgust kuni yashash xonadonida hech qanday tibbiyot xodimlarisiz soat taxminan 08:00 lar atrofida dunyoga keltirilgan va 7-avgust kuni soat 21:00 atrofida onasi – 1995-yilda tug‘ilgan, Qorako‘l tumani «Mirob» mahallasida yashovchi B.Z. ismli ayol tomonidan tashlab ketilgani aniqlangan. 

Hozirgi paytda holat hamda uni keltirib chiqargan sabab va omillarni aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring