Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda moliyaviy jinoyatlar aniqlandi

Buxoroda moliyaviy jinoyatlar aniqlandi

So‘nggi yillarda moliyaviy jinoyatlar soni oshib bormoqda. Buxoroda shunday jinoyatlarning aksariyati yoshlar tomonidan sodir etilayotgani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xodimi Umid Barakayev ma’lum qilmoqda.

Kogon tumanidagi Tuni iroq mahallasida yashovchi 32 yoshli fuqaro R.J. o‘zi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan shaxsga «chuv» tushgani haqida ichki ishlar organlariga bildirgan. Holatga ko‘ra, R.J. o‘ziga avvaldan notanish bo‘lgan shaxs bilan muloqatga kirishib, uning tomonidan berilgan taklif va va’dalarga qiziqqan. O‘zining Angliya davlatiga ishga jo‘nab ketishi mumkinligiga ishongan R.J. suhbatdoshi jo‘natgan plastik karta raqamiga 1million 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni ko‘chirgan. Pulni ko‘chirishi bilan «blok»ka tushgan R.J. oradan bir necha kun o‘tgach, ichki ishlar organlariga xabar berishga majbur bo‘lgan. Tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan noma’lum shaxsga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holatni Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi 22 yoshli shaxs yuzaga keltirgani aniqlangan.

«Ayni paytda jinoyat ishida gumon qilinayotgan ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi aniqlashga qaratilgan tezkor-texnik surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Yana bir boshqa holatga ko‘ra, noma’lum shaxs g‘ijduvonlik M.D.ning bank plastik kartasidan 1 344 ming so‘m pullarni yechib olgan. Holat Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi shaxs sodir qilgani fosh etildi. Aybdor 21 yoshda. Bu, albatta, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga singib ketib, ulardan g‘ayir maqsadlarda foydalanishayotganini ko‘rsatadi. Ular har bir noto‘g‘ri tashlangan qadam jazosiz qolmasligini jinoyat sodir etguniga qadar tan olishni istashmaydi»,- deydi Umid Barakayev.

Xuddi shunday moliyaviy jinoyatlardan yana biri Shofirkon tumanida yuzaga kelgan. 19 va 22 yoshli Arabxona hamda Do‘rmon mahallasida yashovchi shaxslar tomonidan sodir etilgan. Ikki shaxs o‘zaro til biriktirib, «Soxta pul» nomi bilan kanal ochib, haqiqiy pullarga o‘xshash bo‘lgan soxta pullarni arzon narxlarda sotishni aytib, «mijozlar» ishonchini qozonishgan. O‘zlarida soxta pul mavjud bo‘lmasa-da, amalda biror bir fuqaroga soxta pullarni yetkazib bermasdan, Kogon shahrilik 2007 yilda tug‘ilgan fuqaroga haqiqiy pulga o‘xshash kupyuralarni yetkazib berishini aytib, 600 ming so‘m pullarni boshqa plastik kartaga o‘tkazgan. Biroq, hech qanday pullarni yetkazib bermasdan, firibgarlik jinoyatini sodir etishgan.

Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring