Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yana bolalar «manyovr»i: uch nafar o‘quvchi og‘ir jarohat oldi

Buxoroda yana bolalar «manyovr»i: uch nafar o‘quvchi og‘ir jarohat oldi

Yaqinda Buxoroda xavfli «manyovr» uyushtirgan aka-ukalar haqida xabar berilgan edi. Voqea uzoqqa cho‘zilmay, Buxoro shahridagi boshqa maktab o‘quvchilari tomonidan ham xuddi shunday «manyovr» uyushtirilgan.

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, keyingi «manyovr»ni Buxoro shahridagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi uyushtirgan.

Ota-onasining uy yumushlari bilan bandligidan foydalangan Buxoro shahridagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabinin 11-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan va avtomashina boshqarish huquqini beruvchi hech bir hujjati bo‘lmagan holda o‘z otasiga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinani boshqarib chiqqan J.M. xavfli manyovrlarni amalga oshirgan. Shuningdek, yo‘lda o‘z maktabdoshlari bo‘lgan ikki nafar 10-sinf o‘quvchilarini ham sayrga olib chiqqan. Oqibatda o‘qindan o‘t chiqib, J.M. Buxoro tumani, Roboti poyon MFY hududi yo‘lidan o‘tuvchi 80V-001 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Avtomshina ag‘darilib ketgan. Haydovchi va avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar ham turli darajadagi og‘ir va jiddiy tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

«Biz hamisha rul boshqaruvida bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarning xatti-harakatlariga ota-onalarning bosh sababchi qilib ko‘rsatamiz. Bu bor haqiqat. Chunki, avvalo, bolasiga avtomashina boshqarishni begonalar emas, o‘z ota-oansi o‘rgatadi. Avtomashina kalitini ham o‘z qo‘llari bilan topshirishadi. Yuqoridagi holatga ko‘ra, shu vaqtga qadar mashina kalitini o‘g‘lining qo‘liga berib qo‘ygan ota maktab ma’muriyati tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan ekan»,- deydi Ulug‘bek Shukurlayev.

Avariya oqibatida avtomashinaga jiddiy zarar yetgan va jarima maydoniga joylashtirilgan. Amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzgani hamda voyaga yetmagan bolaga rul boshqaruvini bergani uchun ularning ota-onalari tegishli tartibda jazoga tortilishi aniq. Achinarlisi, tranport vositasi salonida bo‘lgan boshqa ikki yigitning ham sog‘ligiga jiddiy ziyon yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring