Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan: aybdorni Qozog‘iston politsiyasi qidiryapti

Chegarada o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan: aybdorni Qozog‘iston politsiyasi qidiryapti

Joriy yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi (Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Sariyog‘och tumani) «S.Najimov – Kazigurt» nazorat-o‘tkazish punktida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan. Transport vazirligi mazkur holat bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borilganini ma’lum qildi.

«Muzokaralarda qozoq tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olingani, hozirda Turkiston viloyati, Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilayotgani va Qozog‘iston Respublikasi JKning 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilganligi, gumondor shaxs Qozog‘iston fuqarosi qidirilayotganligini ma’lum qildi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik, shuningdek, Qozog‘iston tomoni bilan «Kurmangazi» chegara o‘tish punktida Astraxan shahri (Rossiya) yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan ham muzokaralar olib borilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «Kurmangazi» chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa qozoq tomoni barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring