Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda «razbor»ga chiqqan qizlardan biri sudda javob beradigan bo‘ldi

Chilonzorda «razbor»ga chiqqan qizlardan biri sudda javob beradigan bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz boshqa qizni urgan holati aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 iyul kuni 18 yoshli K.E. internet tarmog‘i orqali 17 yoshli Ch.A. bilan o‘zaro gap talashib qolgan, so‘ng 24 iyul kuni Ch.A.ni Chilonzor tumaniga o‘zaro munosabatni hal qilish uchun chaqirgan.

Suhbat jarayonida K.A. jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan voyaga yetmagan Ch.A.ni urib tan jarohati yetkazgan. Biroq bu holat haqida Ch.A. va uning yaqinlari IIOga murojaat qilmagan.

Videoda aks etgan holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan K.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring