Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraxtlar va butalarni kesganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Daraxtlar va butalarni kesganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

O‘zbekistonda daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga oshiriladi.

Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini  transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida shu haqida  ma’lum qilindi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiyaviy daraxt ko‘chatlari ekish majburiyati belgilanadi. Bunda qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarimalar qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, o‘simliklarni o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ham 5 baravarga oshiriladi.

Atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring