Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daryo o‘rtasida qolib ketgan yigitlar qutqarildi

Daryo o‘rtasida qolib ketgan yigitlar qutqarildi

Kecha, 6 avgust kuni soat 16:30 da Toshkent viloyati «Qorasuv» daryosining O‘rtachirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida ikki nafar o‘smir yigit suv o‘rtasida qolib ketgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar o‘smir yigit daryo suvining sathi pastligidan foydalanib daryoning markaz qismida baliq ovlamoqchi bo‘lishgan. Bir ozdan so‘ng suv sathi ko‘tarilib, oqim tezlashganligi bois, yigitlar qirg‘oqqa chiqa olmagan.

Qutqaruvchilarning sa’yi harakatlari natijasida yigitlar sog‘-salomat qirg‘oqqa olib chiqilib, yaqinlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring