Dunyodagi ilk qutqaruv droni ishlab chiqarildi

Xitoyning Haishen Medical Technology kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib qutqaruv dronini ishlab chiqardi.
Dron dengizda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda, -25 dan +46 darajagacha bo‘lgan og‘ir harorat sharoitlarida inson ishtirokisiz qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishi mumkin. U og‘ir ahvolda qolgan odamga joyida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishi yoki uni shifoxonagacha yetkazib berishi mumkin.
Dron nafas olishni qo‘llab-quvvatlash, tomir ichiga infuziya quyish, inson hayotiy belgilarini monitoring qilish va defibrillyator kabi jonlantirish vositalari bilan jihozlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter