Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi ilk qutqaruv droni ishlab chiqarildi

Dunyodagi ilk qutqaruv droni ishlab chiqarildi

Foto: Haishen Medical Technology

Xitoyning Haishen Medical Technology kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib qutqaruv dronini ishlab chiqardi.

Dron dengizda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda, -25 dan +46 darajagacha bo‘lgan og‘ir  harorat sharoitlarida inson ishtirokisiz qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishi mumkin. U og‘ir ahvolda qolgan odamga joyida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishi yoki uni shifoxonagacha yetkazib berishi mumkin.

Dron nafas olishni qo‘llab-quvvatlash, tomir ichiga infuziya quyish, inson hayotiy belgilarini monitoring qilish va defibrillyator kabi jonlantirish vositalari bilan jihozlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas