Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida vazir stipendiyasi joriy qilinadi

Endi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida vazir stipendiyasi joriy qilinadi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizim faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritish hamda til bilish xalqaro sertifikatiga ega iqtidorli va izlanuvchan talabalarga vazir stipendiyasini to‘lab borish tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.

– Agar buni amaliyotga tatbiq etsak, chet tillariga qiziquvchi qolgan talabalar ham ularga ergashib, huddi shunday yuqori natijalarga erishishga intiladi. Buning uchun tibbiyot oliygohlari rektorlari iqtidorli talabalarga alohida e’tibor qaratishi, har bir kafedra o‘qituvchisi ilm yo‘lini tanlagan bo‘lajak yosh mutaxassislarni yaqindan qo‘llab-quvvatlashi zarur, – deydi vazir.

Qayd etilishicha, mazkur yangilikni joriy qilish bo‘yicha yaqinda huquqiy asoslar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda mamlakatdagi 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasi faoliyat olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring